Sherobod tumani hokimligi
KIBERXAVFSIZLIK - QONUN BILAN MUSTAHKAMLANDI

Qonunda mamlakatda kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosati prezident tomonidan belgilanishi nazarda tutilgan. Kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib Davlat xavfsizlik xizmati tayinlangan.
Qonun davlat tashkilotlarining kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy ta’minotdagi, uskunalar va texnologiyalardagi zaifliklar to‘g‘risidagi axborotni olish huquqini kafolatlaydi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslariga tegishli ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash ma’lumotlarning zaxira nusxalarini yaratish yo‘li bilan amalga oshirilishi belgilangan. Qonunga muvofiq, ularning saqlanish muddati oxirgi 3 oydan kam bo‘lmasligi lozim.
Qonunda axborot tizimlarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilangan. Ekspertiza o‘tkazish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. Xususan, ekspertiza majburiy tartibda yoki kiberxavfsizlik sub’ektlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Qonunga ko‘ra, davlat organlarining axborot resurslari, davlat organlarining axborot tizimlari, muhim axborot infratuzilmasi ob’ektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi lozim.
Shuningdek, kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida qo‘llaniladigan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalar majburiy tartibda sertifikatlashtirilishi lozim.
Qonunga muvofiq, axborot tizimlari va resurslarida aniqlangan zaiflik, kibertahdid, kiberhujumlar va boshqa buzg‘unchilik harakatlari to‘g‘risidagi, shuningdek, axborotlashtirish ob’ektlari yuzasidan axborot ularni himoya qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilganidan keyin kiberxavfsizlik sub’ektining ruxsati bilan oshkor qilinishi mumkin.

Z.E.Mavlonov
Surxondaryo viloyat sudi sudyasi 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
  • Hozir saytda
  • 6 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси