ShEROBODDA MEDIA-TUR O‘TKAZILDI
Bugun, 31 mart kuni Sherobod tumanida ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida media-tur tashkil etildi. Tumanning “Chorbog‘”mahallasi hududida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Xo‘jaikon tuz g‘ori", “Janub davosi” MChJ shuningdek “Xo‘jaikon tuz” MChJ korxonalarida bo‘lib, Mazkur davolash va ishlab chiqarish korxonalari haqida atroflicha ma’lumot olishdi. Media-tur davomida ijtimoiy tarmoq faollari ushbu tabiiy davolash tuz g‘orini rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy sayyohlarni keng jalb qilish borasida o‘z fikrlarini bildirishdi.