Sherobod tumani hokimligi
Yangiliklar
Davra suhbatida ezgu gʼoyalar ilgari surildi

Davra suhbatida ezgu gʼoyalar ilgari surildi

Hokimlik yangiliklari / 2023-03-17

Bugun, 17 mart kuni tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʼlimida Sherobod jomeʼ masjidi imom noibi N.Toshtemirov ishtirokida boʼlim xodimlari uchun davra suhbati oʼtkazildi.

TUMАN HOKIMINING FUQАROLАR BILАN NАVBАTDАGI QАBULI BOʼLIB OʼTDI

TUMАN HOKIMINING FUQАROLАR BILАN NАVBАTDАGI QАBULI BOʼLIB OʼTDI

Hokimlik yangiliklari / 2023-03-17

Bugun, 17 mart kuni tuman hokimi Z.Xalilov tuman hokimligida navbatdagi qabulini oʼtkazdi. Qabulda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, tegishli masʼullar hamda mahalla fuqarolar yigʼini raislari, xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

YANGI OʼZBEKISTON-HUQUQIY DEMOKRАTIK DАVLАT:  INSON HUQUQ VА ERKINLIKLАRINI HIMOYa QILISHNING HUQUQIY АSOSLАRI, QONUNCHILIKNI YANАDА RIVOJLАNTIRISH ISTIQBOLLАRI

YANGI OʼZBEKISTON-HUQUQIY DEMOKRАTIK DАVLАT: INSON HUQUQ VА ERKINLIKLАRINI HIMOYa QILISHNING HUQUQIY АSOSLАRI, QONUNCHILIKNI YANАDА RIVOJLАNTIRISH ISTIQBOLLАRI

Hokimlik yangiliklari / 2023-03-17

Mustaqil demokratik yoʼldan dadil odimlayotgan Yangi Oʼzbekistonning eng ulugʼ maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari koʼzlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan eʼtiborlidir.
Maʼlumki, har bir davlat oʼz istiqlol va taraqqiyot yoʼlini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini oʼzining Konstitutsiyasida mustahkamlab oladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk davridayoq qabul qilingan Bosh Qomusimiz shaxs, jamiyat va davlat oʼrtasidagi munosabatlarda oʼzaro huquq va majburiyatlar hamda ularning kafolatlarini aniq-ravshan belgilab berdi.
Аsosiy Qonunimiz jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, yurtimiz fuqarolari tengligining kafolati boʼlmoqda. Bu esa tabiiyki, zamonaviy demokratik taraqqiyot uchun zamin yaratdi. Аytish zarurki, aynan Konstitutsiyamiz ustuvorligi bilan mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlanish choʼqqisiga koʼtarilmoqda. Аynan Bosh Qomusimizda Oʼzbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik oʼrnatilishi, Oʼzbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega boʼlganlikdan qatʼi nazar, hamma uchun tengligi, fuqarolikka ega boʼlish va uni yoʼqotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanishi, Oʼzbekiston Respublikasi oʼz hududida ham, uning tashqarisida ham oʼz fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik koʼrsatishni kafolatlashi kabi bandlar qatʼiy belgilangan.
Shu jumladan, jamoatchilik nazorati, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, moliya, bank, taʼlim, sogʼliqni saqlash, kommunal xoʼjalik, energetika va transport sohalarida joriy etilishi zarurligini hayotning oʼzi taqozo etgani bor gap. Shuningdek, bozorlar va savdo majmualaridagi mahsulotlar va xizmat koʼrsatish sifati kabi masalalar ham jamoatchilik nazoratida boʼlayotganiga guvoh boʼlyapmiz.
Bunda, albatta, ommaviy axborot vositalari ham qonuniylikni qaror toptirishda, ayniqsa, soʼnggi besh yillikda chinakam “jamiyat koʼzgusi”ga aylanganini alohida eʼtirof etish joiz. Chunki, Konstitutsiyamizda har kim fikrlash, soʼz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega ekanligi, har kim oʼzi istagan axborotini izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega ekanligi, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasno ekanligi qatʼiy belgilab qoʼyilgan.

MАMLАKАTIMIZDА QULАY INVESTITSIYAVIY VА ISHBILАRMONLIK MUHITINI TА`MINLАSHNING АSOSI SIFАTIDА MULK HUQUQINI SUD ORQАLI HIMOYA QILISH KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLАRNING MUHIM USTUVOR YOʼNАLISHI

MАMLАKАTIMIZDА QULАY INVESTITSIYAVIY VА ISHBILАRMONLIK MUHITINI TА`MINLАSHNING АSOSI SIFАTIDА MULK HUQUQINI SUD ORQАLI HIMOYA QILISH KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLАRNING MUHIM USTUVOR YOʼNАLISHI

Hokimlik yangiliklari / 2023-03-17

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlarning asl mohiyati investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyotni rivojlantirish orqali xalq farovonligiga erishishdan iborat. Chet eldan investorni jalb etish uchun unga, birinchi navbatda, qulay ishbilarmonlik muhiti, huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun qonuniy kafolatlar yaratib berish lozim.
Mamlakatimizda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlashning asosi sifatida mulk huquqini sud orqali himoya qilish konstitutsiyaviy islohotlarning muhim ustuvor yoʼnalishi boʼlganligi bois, mamlakatimiz iqtisodiyotida investitsiyalarning oʼrni muhim ahamiyatga egaligi hamda kirib kelayotgan investitsiya hajmining oshayotganligi investorlarning huquqlarini sud himoyasining samarali tizimi yaratilishini taqozo etmoqda.
Ushbu chora-tadbirlarning davomi sifatida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2020 yil 24 iyuldagi PF-6034-sonli Farmoni asosida sud-huquq sohasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda koʼrish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini amalda taʼminlash mexanizmlarini kengaytirish maqsadida Oliy sud tuzilmasida yigirma million АQSh dollari ekvivalentidan kam boʼlmagan miqdorda investitsiyani amalga oshirgan jismoniy yoki yuridik shaxslar va davlat organlari oʼrtasida yuzaga keladigan investitsiyaviy nizolar hamda raqobatga oid ishlarni koʼrish vakolati berilgan sudlov tarkibi tashkil etildi.

Ro`yxatdan o`tish
15 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси