Sherobod tumani hokimligi
MАMLАKАTIMIZDА QULАY INVESTITSIYAVIY VА ISHBILАRMONLIK MUHITINI TА`MINLАSHNING АSOSI SIFАTIDА MULK HUQUQINI SUD ORQАLI HIMOYA QILISH KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLАRNING MUHIM USTUVOR YOʼNАLISHI

Endi yirik investorlar, oʼz xohishiga koʼra, nizoni hal qilish uchun toʼgʼridan-toʼgʼri Oliy sudga murojaat qilishi mumkin. Yaʼni, investitsiyaviy nizolar boʼyicha yirik investorning, raqobatga oid ishlar boʼyicha taraflarning xohishiga koʼra, ushbu toifadagi ishlar bevosita Oliy sud tomonidan, qolgan barcha investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga koʼra, Qoraqalpogʼiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida koʼrilishi mumkin.
Bunda investitsiyaviy nizolar boʼyicha ishlar yirik investorning xohishiga koʼra, raqobat toʼgʼrisidagi ishlar taraflarning xohishiga koʼra, bevosita Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga koʼra, Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudi tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida koʼrilishi mumkin.
Yaʼni, shunday imkoniyat yaratilyaptiki, unga koʼra investorlar, raqobat toʼgʼrisidagi ishlar boʼyicha taraflar nizoni hal qilish uchun qaysi sudga murojaat qilishni oʼzlari tanlaydi.
Oliy sudda investitsiyaviy nizolar boʼyicha maxsus sudlov tarkibining tashkil etilishi, ushbu toifadagi ishlar boʼyicha alohida sudlovlilik qoidalarining belgilanishi investorlar nizolarni hal qilish uchun turli sud instantsiyalari oʼrtasida uzoq muddat sarson boʼlishlarining oldini oladi va ularning muammolari bitta sudda hal qilinishini taʼminlaydi. Mamlakatning xalqaro reytinglardagi, jumladan “Biznesni yuritish” (Doing Business) reytingida oʼrnini oshishiga xizmat qiladi. Shu bilan investorlarning odil sudlovga ishonchini kuchaytirish orqali respublikaning investitsiyaviy jozibadorligi ortadi.
Shuningdek, investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilinishi takomillashishi investitsiyaviy nizolarni toʼgʼri, tez va samarali hal qilinishiga, yagona sud amaliyotini shakillantirishga xizmat qiladi.


Surxondaryo viloyat sudi sudьyasi Z.E.Mavlonov

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси