Sherobod tumani hokimligi
YANGI OʼZBEKISTON-HUQUQIY DEMOKRАTIK DАVLАT: INSON HUQUQ VА ERKINLIKLАRINI HIMOYa QILISHNING HUQUQIY АSOSLАRI, QONUNCHILIKNI YANАDА RIVOJLАNTIRISH ISTIQBOLLАRI

Shu jumladan, jamoatchilik nazorati, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, moliya, bank, taʼlim, sogʼliqni saqlash, kommunal xoʼjalik, energetika va transport sohalarida joriy etilishi zarurligini hayotning oʼzi taqozo etgani bor gap. Shuningdek, bozorlar va savdo majmualaridagi mahsulotlar va xizmat koʼrsatish sifati kabi masalalar ham jamoatchilik nazoratida boʼlayotganiga guvoh boʼlyapmiz.
Bunda, albatta, ommaviy axborot vositalari ham qonuniylikni qaror toptirishda, ayniqsa, soʼnggi besh yillikda chinakam “jamiyat koʼzgusi”ga aylanganini alohida eʼtirof etish joiz. Chunki, Konstitutsiyamizda har kim fikrlash, soʼz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega ekanligi, har kim oʼzi istagan axborotini izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega ekanligi, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasno ekanligi qatʼiy belgilab qoʼyilgan.
Bir soʼz bilan aytganda, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun biz hayotimizning barcha jabhalarida konstitutsiyaviy nazorat kuchaytirilmoqda.
Yurtimizda inson huquq va erkinligini taʼminlash borasida Konstitutsiyamiz, qonunlar va inson huquqlari sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq meʼyorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish, inson huquqlari sohasida Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish, mamlakatimizda inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan milliy maʼruzalar tayyorlash, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, shuningdek, inson huquqlari boʼyicha jamoat birlashmalariga maslahatlar berish, inson huquqlarini ragʼbatlantirish va muhofaza qilishning turli jihatlari yuzasidan tadqiqotlar oʼtkazish kabi vazifalar tegishli tashkilotlar tomonidan muvaffaqiyatli ado etib kelmoqda.
Oʼzbekistonda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi. Mamlakatimiz barcha rivojlangan huquqiy davlatlardagi kabi uch hokimiyatga, yaʼni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga taqsimlandi. Xalq farovonligi yoʼlida kuchli huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyati sari ildam qadam qoʼyish maqsadida erkin bozor munosabatlariga asoslangan kuchli iqtisodiyot barpo etildi. Shu tariqa, yurtimiz xalqaro huquqning toʼlaqonli va teng huquqli subʼektiga aylandi.
Bir soʼz bilan aytganda, Yangi Oʼzbekistonning demokratik oʼzgarishlarga sodiqligini namoyish qilish, yurtimizda kechayotgan ulkan oʼzgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va ragʼbatlantirish birlamchi vazifalardan sanaladi.


Surxondaryo viloyat sudi
sudьyasi Z.E.Mavlonov

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси